Asosiy mazmunga o‘tish
Instagram va Telegram do‘konlari uchun CRM

Savollar

SotuvON, tariflar va to‘lov haqida ko‘p so‘raladigan savollarga javoblar.

Instagram parolimni berishim kerakmi?

Yo‘q. SotuvON Instagram'ga kirmaydi. Sotuvchilar Direct'da odatdagidek yozishadi, sotuvni esa SotuvON botiga kiritishadi.

Telegram kanalda sotamiz – bizga ham mos keladimi?

Ha. Har buyurtmada qaysi kanaldan kelgani belgilanadi – Instagram, Telegram yoki boshqa. Hisobotlarda va kunlik xabarda savdo kanallar bo‘yicha ajratiladi: qaysi tarmoq ko‘proq pul olib kelayotgani ko‘rinadi.

Sotuvchilarga kompyuter kerakmi?

Yo‘q. Hammasi telefonda: sotuv Telegram botda kiritiladi, kerak bo‘lsa CRM ham telefonda ishlaydi.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Har do‘kon ma'lumoti alohida, har xodimning o‘z kirishi bor, sotuvchi faqat o‘z sotuvlarini ko‘radi. Har bir o‘zgarish tarixda yoziladi.

Dastur qaysi tilda?

Sayt, CRM paneli va Telegram bot to‘rt tilda: o‘zbekcha (lotin va kirill), ruscha va inglizcha. Har xodim tilni o‘zi tanlaydi – rahbar o‘zbekcha, sotuvchi ruscha ishlashi mumkin. Qo‘llanmalar ham shu to‘rt tilda.

Sinov tugasa nima bo‘ladi?

Tarif tanlab to‘laysiz. To‘lamasangiz ma'lumotlaringiz o‘chirilmaydi – dastur faqat ko‘rish rejimiga o‘tadi, to‘lovdan keyin hammasi qayta ishlaydi.

Bir martalik sotib olsa bo‘ladimi?

Ha – “Biz tayyorlab beramiz” yo‘li bilan ariza qoldiring, shartlarini kelishamiz.

Qanday to‘layman?

Hozircha bank o‘tkazmasi yoki kelishuv bo‘yicha. Click va Payme orqali onlayn to‘lov tez orada.

Javob topmadingizmi?

Savolingizni yozing – qo‘ng‘iroq qilamiz yoki Telegram'da javob beramiz.

Bugundan boshlang

14 kun bepul. Sozlashni bizga topshirsangiz ham bo‘ladi.