Asosiy mazmunga o‘tish
Instagram va Telegram do‘konlari uchun CRM

Imkoniyatlar

Sotuvchilar botda kiritadi – SotuvON haq, qarz, ombor va hisobotni o‘zi yuritadi. Instagram va Telegram statistikasi bilan.

Sotuv va pul – nazoratda

Sotuvchilar botda kiritadi, siz qarz, ombor va foydani ko‘rasiz.

Sotuvchilar uchun

Sotuv – Telegram botdan, 30 soniyada

Sotuvchi saytga kirmaydi. Botda tovar, rang, soni, mijoz va to‘lovni tugmalar bilan tanlaydi – buyurtma CRM'ga o‘zi tushadi, sizga xabar keladi.

  • Instagram paroli hech kimga berilmaydi
  • Narx va ombor qoldig‘i avtomatik tekshiriladi
  • Sotuvchi o‘z sotuvlari va haqini botda ko‘radi
Qarzdorlik

Kim qancha qarz – ko‘rinib turadi

Oldindan to‘lov va qoldiq har buyurtmada; qarz necha kundan beri olinmagani ranglarda.

Ombor va foyda

Tovar yetadimi, qancha qoldi

Tugayotgan tovar haqida ogohlantirish va oy oxiridagi sof foyda – avtomatik.

Yana nimalar bor

Kundalik ish uchun kerak bo‘ladigan hamma narsa – bitta joyda.

Kunlik hisobot

Har kuni kechqurun Telegram'ga: savdo, tushgan pul, qarz, sotuvchilar reytingi va ogohlantirishlar.

Mijozlar bazasi

Kim qancha olgan, kimda qarz qoldi, kim 30 kundan beri qaytmadi – qayta sotuv uchun ro‘yxat.

Katalog va kirim

Rang, o‘lcham va boshqa variantlar; tovar kirimi tannarx bilan – omborda necha pullik tovar borligi ko‘rinadi.

Hisobotlar va Excel

Oyma-oy: tovarlar, sotuvchilar, mijozlar, kanallar (Instagram / Telegram), viloyatlar, to‘lovlar. Bir tugma bilan Excel.

Har kimga o‘z huquqi

Sotuvchi faqat o‘z sotuvlarini ko‘radi, menejer – buyurtmalarni, rahbar – hammasini. Har o‘zgarish tarixda yoziladi.

Haq va bonus avtomatik

Har donaga haq, kunlik va haftalik bonus o‘zi hisoblanadi; bekor qilingan sotuvning haqi o‘zi chiqib ketadi.

Instagram · Telegram

Instagram va Telegram – bir joyda

Sahifa va kanal statistikasi, sotish bo‘yicha qo‘llanmalar – CRM ichida.

Instagram statistikasi

Biznes va Pro tariflarida

Instagram sahifangizni bir tugma bilan ulaysiz: obunachilar, qamrov, reaksiyalar va eng yaxshi postlar har kuni yangilanadi. Qamrov o‘sganda savdo ham o‘sdimi – SotuvON ikkalasini birga ko‘rsatadi.

Telegram kanal

Hamma tariflarda

Botni kanalingizga administrator qilib qo‘shasiz: obunachilar o‘sishi, postlar, reaksiyalar va Telegram'dan kelgan savdo bir sahifada.

Qo‘llanmalar

23 maqola

Instagram va Telegram qoidalari, maxfiylik va sotish bo‘yicha amaliy maqolalar – to‘rt tilda, CRM ichida, sizga ham, sotuvchilaringizga ham.

Bugundan boshlang

14 kun bepul. Sozlashni bizga topshirsangiz ham bo‘ladi.